Backend Development
Server tomondagi mantiq, autentifikatsiya, avtorizatsiya va modulli kod yozish.
Hozirda pDaftar kompaniyasida backend developer bo'lib ishlayman. Bo'sh vaqtimda Taqseem va Avtovodiy nomli shaxsiy loyihalarim ustida ishlayman. POS tizimlari ishlab chiqishda ham tajribam bor.
Salom! Men Khurshid Mirzajonovman. O'zbekistonda yashayman va backend developer bo'lib ishlayman.
Hozirda pDaftar kompaniyasida ishlayman. Bo'sh vaqtimda Taqseem va Avtovodiy nomli shaxsiy loyihalarim ustida ishlayapman. Bundan tashqari POS tizimlarini qurishda ham qatnashganman.
Kod yozishni shunchaki ish deb emas, mahsulot yaratish jarayoni sifatida ko'raman. Yangi narsalar o'rganishni va ularni amalda qo'llashni yoqtiraman.
Ish vaqtimda va shaxsiy loyihalarda ko'p ishlatadigan yo'nalishlarim.
Server tomondagi mantiq, autentifikatsiya, avtorizatsiya va modulli kod yozish.
Tushunarli, qulay va xavfsiz REST API'lar yozaman. Hujjatlashtirilgan endpointlar.
Schema dizayni, indexing va so'rovlarni tezlashtirish bilan ishlash.
Savdo, kassa va hisobot bilan bog'liq POS modullarini ishlab chiqishda qatnashganman.
Tizimni alohida servislarga bo'lib, ularni o'zaro bog'lash bilan ishlayman.
Loyihalarni Docker bilan paketlash va serverga chiqarish.
pDaftar mahsuloti uchun backend qismida ishlayman. Yangi funksiyalar yozish, API'larni rivojlantirish va kod sifatini saqlash mening kundalik vazifalarim.
Savdo nuqtalari uchun POS yechimlarini ishlab chiqishda qatnashganman. Kassa, smena va hisobot modullari bilan tajribam bor.
Bo'sh vaqtimda shaxsiy loyihalarim ustida ishlayman. G'oyadan boshlab to'liq backend, deploy va kichik mahsulot qarorlarini o'zim qabul qilaman.
Shaxsiy mahsulotlarim va men ishtirok etayotgan asosiy loyihalar.
500+ foydalanuvchi
Tannarx va foyda hisoblash ilovasi
Ishlab chiqarish biznesi uchun moliyaviy yordamchi ilova. Mahsulot tannarxini hisoblash, kunlik foydani real vaqtda kuzatish va xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi. Nonvoyxona, somsaxona, shirinlik sexi va boshqa kichik ishlab chiqarish bizneslari uchun mo'ljallangan.
100% bepul
Avtomobil e'lonlari platformasi
O'zbekistondagi zamonaviy avtomobil e'lonlari platformasi. Mashina oldi-sotdisi, qulay qidiruv, kategoriyalar va sotuvchi bilan bevosita yozishish imkoniyati. OTP orqali xavfsiz autentifikatsiya va ichki chat tizimi.
5,000+ biznes
Qarz daftari va bo'lib-bo'lib to'lov
Qarz daftari va bo'lib-bo'lib to'lov sotuvlari uchun ilova. Mijozlar qarzini qog'oz daftarsiz boshqarish, SMS va Telegram orqali avtomatik eslatmalar, ko'p biznesni bitta hisobdan yuritish. Hozirda 5,000+ biznes ishonib foydalanmoqda.
Yangi imkoniyatlar, hamkorlik yoki maslahat uchun har doim ochiqman. Eng tezkor javob — Telegram.